Karmana tumanida alimentdan qoçib yurgan erkak tandir içiga yaşirinişiga urindi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, fuqaro B.A. 2 yildan buyon aliment tölamasdan qoçib yurgan. Uning alimentdan qarzdorligi 71 mln sömga yetgan. Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida erkak oşxonalardan biridagi tandir içidan topilgan.
Sud qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Samarqandda otasini ta’minlaşdan böyin tovlagan öğil 15 sutkaga qamalgandi.

















