AQShda Tramp siyosatidan jabr ko‘rgan migrantlarga 1 milliard dollar to‘lanishi mumkin
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma'muriyati AQSh chegarasini kesib o‘tish vaqtida o‘z oila a'zolaridan ayrilgan migrantlarga tovon puli taklif qilmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar berdi. Qochqinlar oilalarini bo‘lish siyosati Donald Tramp prezidentligi vaqtida amal qilgan.
WSJ ma'lumotlariga ko‘ra, har bir migrantga 450 ming dollargacha kompensatsiya taklif etiladi. Umumiy summa 1 mlrd dollardan oshishi mumkin. Oq uy ma'muriyati bu qarorga migrantlar shikoyatlaridan keyin kelgan. Ular AQSh hukumati siyosati sababli ruhiy jarohat olganlaridan shikoyat qilishgan. Ayni vaqtda sudga 940 ga yaqin migrantlar oilalari murojaat qilgan.
Immigratsiya siyosati Donald Trampning 2016 yildagi saylovoldi kampaniyasining asosiy mavzularidan biri bo‘lgan. U bu borada kiritgan siyosatdan ko‘plab amerikaliklar noroziligidan keyin 2018 yil bahorida voz kechishga to‘g‘ri kelgan. Biroq Tramp yangi prezidentlik muddatida ushbu siyosatni qaytarmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, uning prezidentligi vaqtida grin-kartalarni berish qoidalari ham qat'iylashtirilgandi.
Mavzuga oid
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
15:57 / 11.10.2024
AQShda muvaffaqiyatli ajratilgan siam egizaklari birinchi tug‘ilgan kunini nishonladi
15:51 / 11.10.2024
Amerikalik ayolning uyini yuzlab yenotlar o‘rab oldi. Ayol uyni tark etishga majbur bo‘ldi
14:11 / 11.10.2024