Germaniyaning DAAD dasturi, u beradigan imkoniyatlar – Simon Kretschmer bilan suhbat
Uzbek.life portaliga yoshlar va talabalar orasidan turli mazmundagi savollar bilan murojaat qiluvchilar soni ortib bormoqda. Bular orasida Germaniyaning nufuzli DAAD akademik almashinuv dasturi haqidagi so‘rovlar ham talaygina. Biz yoshlarning talab va istaklaridan kelib chiqib Germaniyaning Toshketdagi elchixonasi DAAD akademik almashinuv dasturining lektori Simon Krechmer bilan intervyu o‘tkazdik.
Ta'lim sohasida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik
Hozirgi kunda ta'lim sohasida “PASCH” degan tarmoq mavjud, ya'ni hamkor maktablar tarmog‘i. Bundan tashqari, Gyote instituti ham o‘z faoliyatini olib boradi. Oliy ta'lim sohasiga keladigan bo‘lsak, bizda oliy ta'lim muassasalari doirasida keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Misol uchun DAAD akademik almashinuv dasturi.
DAAD dasturi bu – chet ellik talabalar uchun magistratura va PhD darajasi bo‘yicha grantlar taqdim etadi. Eslatib o‘tmoqchimanki, hozir DAADning barcha dasturlari bo‘yicha hujjat qabuli davom etmoqda.
Dastur Germaniyada bir oy davomida nemis tilini o‘rganish kursi, 2 yillik magistratura va PhD darajasi bo‘yicha stipendiyalarni taqdim etadi. DAAD dasturida ishtirok etish shartlari esa qaysi bir loyihada ishtirok etishingizga bog‘liq. Agar magistratura yo‘nalishi haqida aytadigan bo‘lsam, unda Germaniya oliy tashkilotlari talab qiladigan hujjatlar kerak bo‘ladi. Masalan, siz muayyan universitetni tanlagansiz va u yerda o‘qishni boshlashdan avval O‘zbekistonning o‘zida barcha talablarni bajarishingiz kerak. Shundagina keyingi o‘quv yilining o‘zida siz Germaniyada o‘qishni boshlashingiz mumkin.
Asosiy talablar nimalardan iborat:
- Nemis tili yoki ingliz tilidan bilimingiz darajasi;
- Bakalavrni tugatganingiz;
- Bakalavr diplomi baholari ilovasi.
Bundan tashqari nega aynan o‘sha universitetda o‘qishni istayotganingiz ifodalangan xat yozishingiz kerak. Bakalavrni eng yaxshi baholarga bitirgan talabagina stipendiya egasiga aylanishi mumkin.
DAAD dasturi doirasida beriladigan imtiyozlar
Dastur doirasida magistratura va PhD bo‘yicha Germaniyaga kelgan talaba, moliyaviy tomondan to‘laqonli ta'minlanadi. Bundan maqsad talaba, qanday qilib pul topishni o‘ylamasdan fikru xayoli o‘qishga qaratilgan bo‘lishidir.
Bundan tashqari PhDuchun kelganlar “tarmoq” bilan tanishadilar ya'ni ilmiy ishlari uchun kerakli bo‘ladigan barcha narsalarni stipendiya doirasida olishlari mumkin. Lekin shuni aytib o‘tish joizki, talaba DAADdan stipendiya ola turib, yana boshqa Germaniyadagi stipendiya beruvchi jamg‘armalarga ariza topshira olmaydi. Lekin agar sipendiya ikkita turli davlatga tegishli bo‘lsa, talaba bemalol ikkita stipendiyadan ham foydalanishi mumkin.
To‘liq videoni UzbekLife’ning YouTube’dagi kanalidi tomosha qiling.
Malika Xolxo‘jayeva suhbatlashdi
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
Jahon | 16:50
-
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi
Jahon | 15:26
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025