O‘zbekiston | 10:05 / 29.10.2021
11834
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi doirasida uchta forum o‘tkaziladi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov kecha Moskva shahrida Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuvda hamkorlik kun tartibi, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, texnik, madaniy-gumanitar sohalarda mavjud bitimlarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ko‘rib chiqildi. Tashrif doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni, xususan, Hududlararo forum, Media–forum hamda Ta'lim forumini tashkil etish xususida so‘z yuritildi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yangi yo‘nalishlarni qamrab olish va munosabatlarni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Qo‘shma loyihalar portfelining sohaviy diversifikatsiyasini kengaytirish hamda investitsiyaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga ikki mamlakat xususiy kompaniyalarini jalb etishni rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shma tadbirlar rejalashtirildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Uchrashuv yakunida o‘zaro munosabatlarning ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlari doirasida muvofiqlashtirilgan hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Mavzuga oid