Amsterdamda haydovchisiz suv taksisi ishga tushirildi
Qayiqlar yoz faslida sinovdan o‘tkazilgandi.
Haydovchisiz Roboat qayiqlari Kompyuter fanlari va sun'iy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) va Massachusets texnologiya instituti Senseable City jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan.
Qayiqlar shahar kanallari bo‘ylab suzadi. Ular 5 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, roboqayiqlardan kanaldagi chiqindini yig‘ish va mahsulotlarni yetkazib berishda ham foydalanish mumkin.
TechCrunch nashrining yozishicha, Roboat 360 gradusli bir necha panoramali kameralar, shuningdek, marshrutni aniqlash uchun GPS’dan foydalanadi.
Qayiqlar simsiz tarmoq orqali quvvat oladi va yuk og‘irligidan kelib chiqib, 12 soatdan 24 soatgacha quvvatsiz ishlay oladi. U tezlikni soatiga 6 km.gacha oshirishi mumkin.
Jamoa elektr qayiqni Amsterdam kanallarida 2021 yilning yoz faslida sinovdan o‘tkazgan.
Mavzuga oid
12:28 / 13.11.2023
Amsterdamda iqlim himoyasiga bag‘ishlangan katta namoyish bo‘lib o‘tdi
09:49 / 17.05.2023
London va Amsterdam F-16 sotib olish bo‘yicha koalitsiya to‘g‘risida kelishib oldi
12:48 / 07.11.2021
2030 yilgacha 6 ta shahar suv ostida qolishi mumkinligi aytildi
15:52 / 03.11.2021