17:01 / 01.11.2021
15598

Elektr tarmoqlariga tez va oson ulanishni istaysizmi? Marhamat!

Mamlakatimizda keyingi besh yilda yangi zamonaviy uy-joylar hamda ijtimoiy soha obektlari ko‘plab qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. O‘ziga xos uslubda shaharu qishloqlarning fayziga ko‘rk berayotgan bunday binolar xalqimiz turmush tarzining yaxshilanishi hamda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining kengayishiga xizmat qilmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Ana shunday yangi uy-joylar va tadbirkorlar uchun yaratilgan binolarga egalik qilishda, birinchi navbatda, kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasiga ulanish muammosi yuzaga keladi. Ba'zida tashqaridan “elektrik” yollaysizu, uning xizmati sizni qoniqtirmasligi mumkin. Keyinchalik biron muammo chiqsa, uni topolmaysiz ham. Kafolat haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi...

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli qarori hamda 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5930-sonli Farmoniga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste'molchilarni elektr tarmoqlariga sifatli va tezkor ulash hamda mukammal shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish” filiali tashkil etildi. Filial faoliyati yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, aholi va tadbirkorlik sub'yektlari ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnun bo‘lmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Ayni kunda filial tomonidan murojaatchilarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda:

  • iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlar ishlab chiqish va taqdim etish;
  • respublika hududidagi barcha turdagi murojaatchilarni “foydalanishga tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash; 
  • elektr qurilmalarini barcha kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ulashda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
  • elektr tarmoqlariga ulanishda barcha kuchlanishdagi elektr ta'minoti loyihalarini kelishish;
  • elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borish;
  • elektr qurilmalariga laboratoriya va sinov-sozlash xizmatlarini ko‘rsatish;
  • yangi ulanayotgan iste'molchilarni “Elektrhisob” kompleks dasturiga kiritish va boshqa xizmatlar.

Ayni paytda filial tomonidan iste'molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal qilib berish maqsadida zamonaviy texnik vositalar va jihozlar xarid qilindi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Shu bilan bir qatorda, filial tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 555-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektr tarmoqlariga ulanishning aniq muddatlarini belgilash, qurilish-montaj ishlarini olib borishda tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish, iste'molchilarga pudratchilarni tanlab olinishi uchun shaffof onlayn platforma yaritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Quyida hamkorlik qilishni istagan iste'molchilar uchun xizmat ko‘rsatish aloqa nomerlari taqdim etiladi.

Aloqa markazi: 1154

Reklama huquqi asosida

Top