Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarga ijara pullari to‘lab beriladi, davlat grantlari va qabul kvotalari oshiriladi - 2022 yilda ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar
2022 yilda 80 ming talabaning ijara pulining bir qismi budjetdan to‘lab beriladi. Respublika bo‘ylab 40ta yangi maktab, 1600dan ziyod bolalar bog‘chasi quriladi.
2022 yilda ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda 1 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.
2022 yilda ta'lim tizimida kutilayotgan yangiliklar:
- Ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan edi. Prezident bu mablag‘ga qo‘shimcha tarzda yana 12 trillion so‘m ajratish taklifini bildirdi.
- Kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshiriladi.
- Chekka joylarda 1 ming 600 ta bolalar bog‘chasi tashkil etiladi.
- Milliy ta'lim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab quriladi va 235 tasi ta'mirlanadi.
- Darsliklar yangilanadi hamda kompyuter sinflari ochiladi.
- Bakalavr yo‘nalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshiriladi.
- Davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya beriladi.
- 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021/22 o‘quv yilda O‘zbekistonda ta'lim olayotgan talabalar soni yarim million nafardan oshdi.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
11:08 / 13.11.2021
Talaba dasturxoni: sariyog‘ va go‘shtga pul yetmagan, buxanka va «rolton»dan o‘zga narsa yo‘q(mi?)
16:42 / 11.11.2021
Talabalarning sevimli transporti: metro va avtobuslar bilan bog‘liq ayrim muammolar
14:16 / 11.11.2021