Kun.uzga taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, şu paytgaça Respublika böylab 371 028 nafar talaba vaksina olgan.

Hududlar kesimida Toşkent şahri yetakçi – 189696 nafar talaba emlangan. Buni eng köp OTMlar poytaxtda joylaşgani bilan izohlaş mumkin.

Keyingi örinlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi (55863 nafar), Farğona viloyati (288840 nafar) band etdi.

4 viloyatda emlangan talabalar soni 10 mingdan oşganini köriş mumkin, bular Namangan (17263 nafar), Qaşqadaryo (14955 nafar), Toşkent (11638 nafar) va Xorazm  (11216 nafar) viloyatlaridir.

Eng kam körsatkiç Andijon viloyatiga töğri keladi – atigi 115 nafar talaba vaksina olgan.

2020/21-öquv yili boşida respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalar soni 571,5 ming kişini taşkil etmoqda. Vaksina olgan talabalar esa qariyb 65  (64,9) foizni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, vaksina olgan talabalarga tölov-kontrakt miqdorining 10 foizlik çegirma beriş muddati 15 noyabrgaça.