AQSh atom suvosti kemasi Tinch okeanida suvosti tog‘i bilan to‘qnashib ketgani ma'lum qilindi
AQShning USS Connecticut atom suvosti kemasi oktyabr boshida Janubiy Xitoy dengizida xaritada belgilanmagan suvosti tog‘i bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari instituti (USNI) yangiliklar portali ma'lum qildi.
Voqeaning tergovi o‘tgan hafta yakunlangan. Uning davomida suvosti kemasi suvosti tog‘i bilan to‘qnashib ketgani aniqlangan. Tergov natijalari AQShning 7-floti qo‘mondoni vitse-admiral Karl Tomasga berilgan. U voqea yuzasidan biror chora ko‘rish-ko‘rmaslik borasida qaror qabul qiladi.
USNIning xabar berishicha, to‘qnashuv oqibatida suvosti kemasining ballast sisternalariga shikast yetgan. Zarba kemaning tumshuq qismiga to‘g‘ri kelgan. Uning yadro kuch qurilmasiga zarar yetmagan.
Connecticut oktyabr boshida Janubiy Xitoy dengizida noma'lum obekt bilan to‘qnashib ketgani ma'lum qilingan. O‘shanda suvosti kemasi aynan qanday obekt bilan to‘qnashgani ma'lum qilinmagan. Voqea oqibatida 11 dengizchi lat yeyish va kesilgan jarohatlar olgan. Biroq suvosti kemasidan hech kimni evakuatsiya qilishga zarurat bo‘lmagan.
O‘z navbatida, Xitoy ushbu voqea yuzasidan xavotir bildirgan. Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan AQSh Xitoyga falokat tafsilotlarini, jumladan u qayerda yuz bergani, suvosti kemasi nimani maqsad qilgani va voqea oqibatida atrof-muhitga zarar yetgani-yetmaganini ma'lum qilishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024