Bu yil VEON xolding tarkibiga kiruvçi Özbekistondagi eng yirik telekom-kompaniyalardan biri – Beeline özining 15 yilligini nişonlamoqda. Beeline'ning Özbekistondagi faoliyati, mamlakatni raqamlaştirişga sarmoya kiritilişi va zamonaviy yoşlar uçun ta'limning ahamiyati haqida – VEON Group boş ijroçi direktori Kaan Terziöğlu bilan eksklyuziv intervyusida.
Ma'lumot uçun – bugungi kunda kompaniya maqsadi nafaqat abonentlarning keng qamrovi va körsatilayotgan xizmatlar va servis sifatini oşiriş, balki Özbekistonda ta'lim sohasiga investitsiyalarni köpaytiriş, şuningdek, malakali IT-mutaxassislarni tayyorlaşga ham qaratilgan. Şunday qilib, 2021 yilda ikkita ijtimoiy loyiha amalga oşirildi: Beeline davlat dasturiga a'zo böldi va Samarqand hamda Jizzax maktablarini jihozlaş va modernizatsiya qilişga sarmoya kiritdi.
- Agar qarşi bölmasangiz, şaxsiy savolimdan boşlaylik. Sizga mamlakatimiz yoqadimi? Özbekiston madaniyati, umuman, taraqqiyoti haqida qanday fikrdasiz?
- Özbekiston – noyob davlat! Avvalo, ismning özi: «özbek» sözi «kuçli» degan ma'noni bildiradi. Mamlakatingiz ajoyib madaniyatga ega. Sönggi uç yil içida Özbekiston haqiqatan ham faol rivojlanib, iqtisodiyotini mustahkamlab borayotganiga amin böldim. Men bu yerda Beeline brendi ostida işlayotganimdan faxrlanaman va biz (VEON) bu mamlakatga foydamiz tegayotganidan xursandmiz.
- Bu galgi taşrifingiz davomida Samarqand şahridagi 47-maktabning oçiliş marosimida iştirok etdingiz, uni modernizatsiya qilişga Beeline 900 million söm sarmoya kiritgan. Jizzaxda ham şunday loyihani qöllab-quvvatlaganingiz ma'lum. Nimaga VEON uçun ta'limga sarmoya kiritiş muhim?
- Özbekiston hukumati, birinçi navbatda, ta'lim sohasiga sarmoya kiritayotgani tahsinga sazovor. Oxirgi taşrifim davomida nafaqat Samarqand şahridagi 47-maktabga, Texnologik akademiyaga ham taşrif buyurdim, Prezident maktabining oçilişida qatnaşdim. Bu investitsiya loyihalarining barçasi alohida e'tirofga loyiq. Şubhasiz, mamlakatning kelajakka oid aniq qaraşlari va rejalari bor. Biz öz navbatda bu taşabbuslarni faqat qöllab-quvvatlaşimiz mumkin.
Özbekistonda yoş avlodda dasturiy ta'minot haqidagi bilimlarni şakllantirişda muhim örin tutadigan IT-maktablar barpo etilayotganini körib xursandman. Işonçim komilki, Özbekistonning kelajagi raqamli iqtisodiyotga boğliq. Agar ilgari mamlakatning boyligi oltin yoki neft zaxiralari bilan ölçangan bölsa, kelajakda bu resurslar ahamiyati kamroq böladi. Ma'lumotlar muhim. Ma'lumotlarni yaratadigan, boşqaradigan va tahlil qiladigan odamlar oldingi pozitsiyalarda böladi. IT-maktablarida yoş avlod Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçlariga qanday tayyorgarlik körayotganini köriş quvonarlidir.









