Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Franshizing shartnomalari bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish muddati qisqartiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha prezidentning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash hamda franshizing shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyiha bilan franshizing to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, franshizing to‘g‘risidagi shartnomalarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Bunda, xizmat ko‘rsatish muddati 3 ish kunidan 2 ish kuniga qisqartirilib, qog‘oz ko‘rinishida jurnallar yuritish qoidasi va shu bilan bog‘liq ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar o‘rtasidagi ortiqcha hujjat almashinuvi bo‘yicha tartibotlar bekor qilinmoqda.
Loyiha qabul qilinishi oqibatida franshizing shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish elektron ko‘rinishga o‘tkazilgan holda sezilarli soddalashtiriladi. Elektron tizimda xizmat ko‘rsatish oqibatida respublika bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha franshizing shartnomalari onlayn bazasi shakllanadi va respublika hududi bo‘ylab faoliyat yuritayotgan har qanday savdo (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish) obektlarining franshizing shartnomasi mavjud yoki mavjud emasligi bo‘yicha real vaqt rejimida tekshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining ommalashtirilishi qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishiga va huquqiy himoya mexanizmi kuchayishi oqibatida chet el investitsiyalarini jalb qilish darajasi ortishiga xizmat qiladi, deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
10:30 / 09.12.2025
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rnida Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi
23:23 / 29.11.2025