23:10 / 05.11.2021
13625

OFK kubogi. «Nasaf» finalda «Al Muharraq»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Foto: Nasaf FK

Klublar o‘rtasida nufuzi bo‘yicha Osiyoning ikkinchi darajali turniri OFK kubogi finali doirasida «Nasaf» safarda «Al Muharraq» jamoasiga qarshi maydonga tushib, mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Al Mardi uzoq masofadan «Nasaf» darvozasi «to‘qqizligi»ni nishonga oldi – 1:0.

Foto: Nasaf FK

Bo‘lim yakuniga qadar Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari vaziyatni o‘nglash harakatida to‘p surishdi, ammo bo‘lim mezbonlarning kichik ustunligi bilan yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda ham «Nasaf»ning har bir xatosini bahraynliklar gol bilan jazolashdi. 74-daqiqada Husayn Sabba, 79-daqiqada esa braziliyalik Flavio gol urib, amalda o‘yin taqdirini hal etdi. Natijada, «Al Muharraq» yirik hisobli g‘alaba bilan o‘z tarixida ikkinchi marta OFK kubogi sohibiga aylandi. Qarshi jamoasi esa turnir finalchisi sifatida 750 ming AQSh dollari pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Foto: Nasaf FK

OFK kubogi-2021, Final
«Al Muharraq» (Bahrayn) - «Nasaf» - 3:0

Hakam: Ko Hyong Jin (Janubiy Koreya)
Gollar: Mahmud Al Mardi 2, Husayn Sabba 74, Flavio 79.
«Nasaf»: 1. Umidjon Ergashev, 8.Dilshod Saitov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 92. Umar Eshmurodov, 88. Marko Stanoyevich, 10. Bahrom Abdurahimov, 22.Akmal Mozgovoy (50. Shoxmalik Komilov, 79), 77. Oybek Bozorov, 20.Suhrob Nurulloyev (99.Andriya Kaluderovich, 74) 19. Husayn Norchayev.
Zaxiradagilar: 13. Azamat Soyibov, 2. Alibek Davronov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 28. Sardor Sadullayev, 71. Jasur Jumayev, 7. Doniyor Narzullayev, 70. Abubakr Rizo Turdialiyev, 55. Shahzod Akramov.
«Al Muharraq»: 21.Sayid Abbos, 3.Volid Hayyom, 5.Amine Benaddi, 7.Mahmud Al Mardi, 8.Nur Al Ravajbeh, 10.Ablulvahob Al Ma'lud (4.Abdulrahmon Ahmadi, 83), 13.Ahmad Soleh (2.Husayn Sabba, 70), 14.Flavio Cheveresan, 27.Muhammad Al Banna, 55.Mozes Jona, 99.Rashid Al Xuti. 
Ogohlantirish: G‘olib G‘aybullayev, 30.

Foto: Nasaf FK
Top