O‘zbekiston | 21:35 / 07.11.2021
6810
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» Toshkent havosida ifloslanish darajasi kamaya boshlaganini ma'lum qildi

Toshkentda 7 noyabr kuni atmosfera havosining ifloslanish darajasi avvalgi kunga nisbatan pasaya boshladi.

«O‘zgidromet»ning ma'lum qilishicha, shu kuni soat 11:00 da o‘tkazilgan monitoring natijalari poytaxtda chang bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 3,3 baravar ortiqligini ko‘rsatgan.

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma'ruzalar kanali ham Toshkent shahri havosida o‘ta mayda dispers chang zarrachalari ancha kamaya boshlaganini qayd etgan. Unda aytilishicha, soat 15:00 da havo tarkibida RM 2,5 mayda dispers zarrachalar ruxsat etilgan me'yordan 2 barobor ko‘p bo‘lgan. Bu xavfli daraja, lekin kechagi va oldingi kunlardagi kabi o‘ta xavfli emas.

«Toshkent shahrida ayni antitsiklon kuzatilayotgan davrda mahalliy tog‘-vodiy sirkulyatsiyasini hosil qilgan bilinar-bilinmas shaboda faktori poytaxt havosidagi  zarrachalar harakatida muhim rol o‘ynaydi.

Tog‘-vodiy shamoli sabab, shahar havosi kechasi chang zarrachalaridan biroz holi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki, tog‘dan esgan kuchsiz shamol omili poytaxt havosidagi zarrachalarni shaharning janubiy-g‘arbiy tekislik hududlariga tomon "haydaydi". Afsuski, kunduz kuni o‘sha tekislikdan tog‘ga esgan tog‘ vodiy shamoli yana zarrachalarni poytaxt osmoniga olib keladi. Chang zarrachalarining yerga bosilishi hisobiga, havoda zararli chang moddasi oldingi kunlarga qaraganda ancha kamaymoqda», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid