Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya O‘zbekistonga umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha benefitsiar mamlakat maqomini taqdim etdi
O‘zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya xalqaro savdo vazirining o‘rinbosari, lord Jyerri Grimstoun bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Muzokaralar chog‘ida Buyuk Britaniya vakili O‘zbekiston ushbu mamlakat umumiy imtiyozlar tizimi (UK Generalised Scheme of Preferences, Enhanced Framework)ning kengaytirilgan rejimiga kiritilgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqqanidan so‘ng ushbu tizimga kiritilgan birinchi davlat bo‘lgani qayd etildi.
O‘zbekistonga Buyuk Britaniya bilan savdoda benefitsiar mamlakat maqomi berilishi keng turdagi o‘zbek mahsulotlarining Britaniya bozoriga kirishini osonlashtiradi va ularning raqobatbardoshligini oshiradi.
Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar, jumladan, innovatsiya, investitsiya, muqobil energetika va moliya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat bo‘yicha kengashining (UBTIC) yillik yig‘ilishiga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish va uni 2022 yil Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026