Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)dagi doimiy vakili, elchi Abat Fayzullayev Venada YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari (MOOK) Qayrat Abdurahmonov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari ofisi o‘rtasidagi munosabatlar bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, 2022 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va YeXHT MOOK o‘rtasida yaqin amaliy aloqalar yo‘lga qo‘yildi, tomonlar MOOK tavsiyalariga bag‘ishlangan milliy va mintaqaviy darajada qator tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Oliy komissar 2021 yil iyul oyida O‘zbekiston Oliy sudi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi odil sudlovdan foydalanish va milliy ozchiliklar bo‘yicha Grats tavsiyalari mavzusida onlayn shaklda davra suhbati uyushtirilganini ta'kidladi. MOOK ofisi “Grats tavsiyalari” va turli jamiyatlarning integratsiyasi bo‘yicha Lyublyana yo‘riqnomalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi va tarqatdi.
Tomonlar ushbu ijobiy amaliyotni davom ettirish va 2022 yil hamkorlikda O‘zbekistonning turli shaharlarida ushbu mazmundagi qator tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldi.
Qayrat Abdurahmonov 2022 yil O‘zbekistonga kelishga tayyorligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025