09:00 / 10.11.2021
5463

“Samarqandyo‘lko‘kalam” korxonasi tomonidan to‘rt yilda 146 ming daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

“Samarqandyo‘lko‘kalam” unitar korxonasining asosiy faoliyati avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura badiiy tuzilishi, landshaft dizaynining zamonaviy talablarini shakllantirish, yo‘l chetlariga manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, obodonlashtirish, ularni saqlash, sug‘orish hamda zamonaviy dekorativ ko‘chatlar yetishtirishdan iborat.

Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam

Hozirgi kunda korxonada 202 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

Joriy kuz mavsumida Samarqand viloyati umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetlariga 17 ming dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirildi.

Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam

Korxona tashkil topgan 2017 yildan buyon umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘l bo‘ylariga jami 146 mingdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Ko‘chatlar vodovozlar, ariqlar va zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida parvarishlanmoqda. Jumladan, 2021 yilda M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 74 km 720 metr, davlat ahamiyatidagi 4R-49 Chelak sh.-Payariq sh.-Marjonbuloq-Qo‘shrabot avtoyo‘li (45 km) avtomobil yo‘lining 16-18 km 11550 metr, mahalliy ahamiyatdagi 4K-493V Eshimoqsoq qishlog‘iga kirish avtomobil yo‘lining 0-3 km oralig‘iga 7000 metr,  4r-55 “Mitan-Qo‘shrabot-Nurota” avtomobil yo‘lining 57-60 km 2230 metr qismiga ekilgan daraxt ko‘chatlari tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanmoqda.

Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam
Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam

Samarqand viloyati umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetlariga “Samarqandyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi tomonidan 2018 yilda 29372 dona, 2019 yilda 40773 dona, 2020 yilda 34869 dona, joriy yilning bahor mavsumida 28963 dona, kuz mavsumida 13000 dona katalpa, yasen, qayrag‘och, smax, tuya, pavloniya, mojjyevelnik va boshqa turdagi daraxt ko‘chatlari ekildi. Ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi 87 foizni tashkil qildi.

Ekilgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini sug‘orish ishlarining olib borilishi uchun 54 dona artezian quduqlari qazib, suv chiqarildi.

Ko‘chatlarning ko‘karuvchanligi, zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish maqsadida “Agrokimyo laboratoriyasi” unitar korxonasi bilan hamkorlikda agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Daraxt va buta ko‘chatlarini oziqlantirish uchun organik o‘g‘it, karbamid, ammofos va azot mineral o‘g‘itlari bilan ishlov berilyapti.

Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam
Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam

Korxonaning 9 gektardan iborat maxsus ko‘chatlarni yetishtirish va saqlashga ixtisoslashgan pitomnigi mavjud bo‘lib, u yerda jami 51 turdagi 167 277 dona ko‘chat parvarishlanmoqda. Ushbu ko‘chatxonada joriy yilda 15 000 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari yetishtirilib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetlariga ekildi.

Foto: Samarqandyo‘lko‘kalam

Shuni alohida ta'kidlash lozim, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetlariga ekilgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini parvarish qilishda ularni har xil holatlardan (uy hayvonlari tomonidan payhon qilinishi, o‘zboshimchalik bilan kesib tashlash, o‘g‘irlash) himoya qilishda jamoatchilik bilan uyushqoqlikda ishlarni amalga oshirsak, yurtimizda “Yashil maydonlar”ning ko‘payishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Shu o‘rinda har bir yurtdoshimizni daraxt ekish aksiyasiga qo‘shilishlarini, umuman, daraxtlarni asrab-avaylashlarini so‘rab qolardik. Chunki, bugun bizning ezgu harakatlarimiz ertaga farzandlarimiz uchun ibrat bo‘ladi. Ular ham o‘simlik dunyosi va ona tabiatni asrashni odat qilishadi.

“Samarqandyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi Ⓣ

Mavzuga oid
Top