O‘zbekiston | 07:49 / 12.11.2021
3201
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona bo‘yicha imtiyoz qo‘llagan holda olib kiriladigan tovarlar ro‘yxati kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hududiga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hududiga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasining yangilangan tahriri tayyorlandi.

Nizomda quyidagilar o‘z aksini topgan: tovarlar ro‘yxatlari bo‘yicha kompleks ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati; kompleks ekspertizani o‘tkazish tartibi va muddatlari; kompleks ekspertizani o‘tkazish yakunlari bo‘yicha xulosalarni berish tartibi.

Qarorning qabul qilinishi bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kompleks ekspertizaning shaffofligi va samaradorligi oshishiga olib keladi.

Bildirilishicha, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston davlat budjeti hisobidan mablag‘lar sarflanishini hamda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni talab qilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid