Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot muassasalariga tibbiy uskunalar xarid qilish uchun 100 million dollar ajratiladi
Prezident «Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish hamda ulardagi mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan Moliya vazirligiga uning talabnomalariga asosan 2021-2022 yillarda 100 million AQSh dollarigacha ekvivalentdagi milliy valutada yillik 2 foiz stavkada kredit mablag‘lari ajratiladi. Bunda, ushbu mablag‘lar Moliya vazirligining talabnomalari taqdim etilgan sanadan boshlab 3 yil muddatgacha beriladi.
Moliya vazirligi ajratilayotgan mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga ko‘ra qaytarish sharti bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ularga budjet ssudasi sifatida ajratsin. Bunda, Moliya vazirligi kredit mablag‘larini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga va yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaxassislari malakasini oshirishga ham yo‘naltirishi mumkin.
Belgilanishicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda xatlov o‘tkazish asosida har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ssuda mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan uskunalar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelishish uchun kiritadi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kelishilgan ro‘yxatga asosan tibbiy uskunalarni xarid qiladi. Bunda, ushbu jarayonga “O‘zmedimpeks” mas'uliyati cheklangan jamiyati agent sifatida jalb qilinishi mumkin;
- tibbiy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ajratilayotgan ssuda mablag‘larining samarali va maqsadli ishlatilishi hamda o‘z vaqtida qaytarilishiga shaxsan mas'ul hisoblanadi;
- xorijda malaka oshiradigan tibbiyot xodimlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov (konkurs) asosida shakllantiriladi hamda prezidentning 2021 yil 5 maydagi PF–6221-son farmoni bilan tashkil qilingan Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududlardagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish maqsadida Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026