Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Yelizaveta II salomatligidagi muammo tufayli muhim tadbirda ishtirok eta olmadi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II so‘nggi lahzalarda mamlakatda yakshanba kuni harbiy nizolarda halok bo‘lgan britan askarlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirokini bekor qildi.
Xabar qilinishicha, 95 yoshli qirolicha belini shikastlab olgan va bugunga rejalashtirilgan London markazidagi Uaytholldagi Kenotaf majmuasidagi an'anaviy sukut saqlash va memorialga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok eta olmasligi ma'lum bo‘lgan.
Bukingem saroyi matbuot xizmati qirolicha voqealarning bunday rivojidan «juda ranjigani»ni ta'kidlagan.
20 oktabr kuni Yelizaveta II tunni shifoxonada o‘tkazgandi, Bukingemdagilarning ma'lum qilishicha, qirolicha bu yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Keyin u qariyb bir oy davomida ta'tilda bo‘ldi va shifokor tavsiyasiga ko‘ra barcha ishchi uchrashuvlarni bekor qilgandi.
Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, qirolichaning belidagi muammo uning shifoxonaga so‘nggi tashrifi va keyin dam olishga chiqishi bilan bog‘liq emas.
Seshanba kuni qirolicha Angliya sharqidagi Norfolkda joylashgan Sandringem qarorgohidan dam olish kunlarini o‘tkazib London g‘arbidagi Vindzor qal'asiga qaytgandi. 1 noyabr kuni uni Vindzor qal'asi hududida, o‘zining yashil «Yaguar Esteyt» rusumli avtomashinasi rulida uchratishgandi. OAVda qirolicha o‘z odatiga ko‘ra o‘zining korgi itini sayrga olib chiqqani haqida aytildi.
Britaniyada urush qurbonlarini xotirlash kuni Birinchi jahon urushi yakunlangan sana - 11 noyabrga yaqin yakshanbada o‘tkaziladi. Bu kun yaqinlashishi arafasida rasmiy davlat idoralari binolari qizil lolaqizg‘aldoq tasvirlari bilan burkanadi, ko‘plab britaniyaliklar urush faxriylari va ularning oilalari bilan birdamligini izhor etish uchun liboslariga ushbu gul tasvirlarini taqib olishadi.
Qirolicha xotirlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘plab tadbirlar, jumladan Albert-Holldagi shanba kungi konsertni o‘tkazib yuborishga qaror qilgandi. Ammo, Bukingem saroyi xabariga ko‘ra, u yakshanba kuni Uaytholldagi gulchambar qo‘yish marosimida qatnashishga «qat'iy ahd qilgandi».
Uning o‘rniga marosimda shahzoda Charlz boshchilik qildi, unga an'anaga ko‘ra, bosh vazir, muxolifat yetakchisi hamda qirollik xonadonining boshqa ko‘plab vakillari hamroh bo‘ldi.

Yelizaveta II uchun halok bo‘lgan harbiylarni xotirlash marosimi alohida ahamiyatga ega. U Britaniya qurolli kuchlarini boshqargan va o‘zi ham Ikkinchi jahon urushida avtomexanik va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishtirok etgan.
Yakshanba kungi marosimda ishtirok etishi uning shifoxonadan chiqqandan keyin ilk bor omma oldida ko‘rinish berishi bo‘lardi.
O‘tgan yili koronavirus tufayli ushbu tadbir ko‘lami qisqartirilgan, ammo bu safargi marosimda yuzlab amaldagi harbiy xizmatchilar va o‘n mingdan ortiq faxriylar ishtirok etishiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026