21:07 / 15.11.2021
12922

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi Gruziyaga mag‘lub bo‘ldi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy jamoasi safarda Gruziya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. 

Foto: O‘FA

FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Srechko Katanets shogirdlari birinchi bo‘limning 40-daqiqasida o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pga himoyachilardan ildamroq harakat qilgan Volkov hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda Katanets tarkibdagi o‘zgarishlar evaziga o‘yinda burilish yasashga intildi. Ammo bu natijaga ta'sir qilmadi. Aksiga olib, 84-daqiqada Farrux Sayfiyev va Irakliy Azarov tortishuv natijasida maydondan chetlatildi. O‘yin yakunida vakillarimiz hujumkorlikni oshirgan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatdan qutulishning iloji bo‘lmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi ketma-ket ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchradi. Bungacha oktabr oyida Iordaniyaga mag‘lub (0:3) bo‘lingandi.

Foto: O‘FA

O‘rtoqlik uchrashuvi. 15 noyabr
GRUZIYa – O‘ZBeKISTON – 1:0

Gori, Tengiz Burjanadze nomli stadion.
Hakam: Vitaliy Romanov (Rossiya)
Gol: David Volkov 40.
Gruziya: 17. Lazare Kupatadze, 2. Otar Kakabadze, 4. Guram Kashiya, 3. Davit Xocholava, 9. Zuriko Davitashvili,15. Irakliy Azarov, 16. Nika Kvekveskiri, 21. Vako Gviliya (Aburjaniya, 70), 11. Saba Lobjanidze, 8. Vako Kazaishvili (Xvicha Kvaratsxeliya, 61), 20. David Volkov (Tsitiashvili, 70)
O‘zbekiston: 12. O‘tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiyev, 2. Islom Qobilov, 18. Abdulla Abdullayev, 5. Davron Hoshimov (3.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 46) 7. Otabek Shukurov, 8.Ikrom Aliboyev (6.Aziz G‘aniyev, 46), 9. Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 17. Doston Hamdamov (20.Hojimat Erkinov, 61), 10. Eldor Shomurodov (21. Igor Sergeyev, 78).
Chetlatishlar: Irakliy Azarov (84) – Farrux Sayfiyev (84).

Mavzuga oid
Top