Saksovul panasi va qamişlar orasi — bu Qizilqum çöli bilan tutaşib ketgan Aydarköl sohillarida mohir ovçilar panalab, öljaning kelişini poylaydigan eng qulay joy. Ayni kunlarda ham ov mavsumi boşlangan, Aydarköl osmoni notinç, erta tong va yarim tunda miltiq tovuşlari atrofdagi sukunatni buzib turadi.


Köl sohillarida ham quşlar, ham çöl hayvonlari borligi tufayli ov işqibozlarining sevimli joyiga aylangan. Har yili ov mavsumida bu manzilga turli viloyatlardan yuzlab ovçilar keladi. Ular orasida tabiatni sevuvçi, ruxsatnomaga ega mohir ovçilar ham, ovni daromad manbaiga aylantirib olgan, yovvoyi tabiatga ozor yetkazuvçi brakonerlar ham bor.


Navoiylik ovçi Elyor Yöldoşevning ta'kidlaşiça, ovning ham öziga yaraşa maşaqqatlari bor. Avvalo, kutiş kerak. Qaysi kundir ov baroridan keladi, qaysidir kuni esa yöq. Hozir ovçilar asosan ördak ovlamoqda ekan. Ğoz kamligi uçun ança maşaqqat bilan otiladi.

Yana bir ovçi Hamza Razzoqov esa ov jarayoni haqida şunday deydi:
“Ov miltiğimdan 15 yildan beri foydalanaman. Öqni esa asosan özimiz tayyorlaymiz, buning uçun barça apparatlarimiz bor. Öq otiladigan hayvonga qarab turliça tayyorlanadi. Masalan, ğoz uçun alohida, ördak uçun alohida. Ov jarayoni men uçun xobbi. Ovga çiqsam dam olaman. Tabiatimiz juda çiroyli, havo toza. Qarang, qanday gözal joylar. Bu yerlarga kelmaslik mumkinmi?! Odam suvni körib, qamişlarni körib maza qiladi. Tepadan quşlar uçadi. Köp otmaymiz, ov yöllanmasida neçta belgilangan bölsa, şunça ovlaymiz. Barçasini qonuniy qilamiz, ruxsatnomamiz bor, “Ovçilar jamiyati”dan yöllanma olamiz”.

Kunduzi kölga qöngan quşlar tunda şamol kuçaysa, atrofdagi kiçik köllarga uçib ötadi. Köçiş asosan erta tongda va kun botişda yuz beradi. Ovçilar hali tong otmasdan kiçik köllar atrofidagi qamişzorlar orasiga berkinib, ördaklarning uçib ötişini poylab ötirişadi. Ayrim ovçilar esa özi ötirgan joy yaqinidagi suvga 40-50 ta ördak maketlarini boğlab qöyişadi. Bu haqiqiy ördaklarni çalğitib, çaqiriş uçun. Pastlab uçgan hamda maketlarga aldangan ördaklar agarda ovçining otgan öqi tegsa, öljaga aylanadi.


























