Sport | 21:54 / 16.11.2021
7729
4 daqiqa o‘qiladi

Ukraina - JCh-2022dan qolib ketadimi? Saralashning so‘nggi o‘yinlari arafasidagi vaziyat

Ukrainlar Bosniyani mag‘lub etishi va fransuzlardan umid qilishi kerak.

Foto: MATTEO CIAMBELLI/GETTY IMAGE

16 noyabr — Yevropada JCh-2022 saralash sikli yakunlanadigan kun. Seshanba oqshomida D, Ye va G guruhlarida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkaziladi, jumladan Ukraina milliy jamoasi taqdiri hal etiladi. Quyida ushbu guruhlardagi jamoalarning Qatarga yo‘llanma olish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Ukrainaga Fransiyaning yordami kerak
D guruhi favoriti bo‘lgan Fransiya uch bor ochko yo‘qotdi, Ukraina bilan ikki marta, Bosniya va Gersegovina bilan bir marta durang o‘ynaldi (barcha o‘yinlarda hisob – 1:1). Ammo yakunda Desham jamoasi muddatidan oldin birinchi o‘rinni naqd qildi mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qolgan o‘yinlar

16 noyabr, 00:45. Finlandiya – Fransiya
16 noyabr, 22:45. Bosniya va Gersegovina – Ukraina

D guruhida ikkinchi o‘rin uchun Finlandiya va Ukraina jamoalari raqobat qilmoqda. So‘nggi o‘yinlar natijalari quyidagi variantlarda ro‘y berishi mumkin.

Birinchisi. Ukraina Bosniyani yenga olmaydi/yoki Finlandiya Fransiyani mag‘lub etadi. Bu holda o‘tish o‘yinlariga finnlar yo‘l oladi.

Ikkinchisi. Ukraina Bosniyani yengadi, finnlar Fransiyaga yutqazadi. Bu holda o‘tish o‘yinlarida Ukraina qatnashadi.

Uchinchisi. Ukraina Bosniyani yengadi, finnlar Fransiya bilan durang o‘ynaydi. Jamoalarning ochkolari soni teng bo‘ladi, bu holatda to‘plar nisbati hisobga olinadi. Birinchi punkt: urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar. Ko‘rsatkichlar teng kelsa — ikkinchi punkt: urilgan gollar soni. Agar bu borada ham tenglik kuzatilsa, o‘zaro uchrashuvlardagi ustunlik evaziga Ukraina oldinda bo‘ladi.

Chexiya va Uels – o‘tish o‘yinlariga chiqib bo‘lgan
E guruhda barcha masala hal bo‘lgan: Belgiya muddatidan oldin to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmagan ega bo‘lgan, Uels va Chexiya o‘tish o‘yinlarida qatnashishi aniq. So‘nggi tur natijasidan qat'i nazar, bu jamoalardan biri ikkinchi o‘rinni egallay olmasa ham, Millatlar ligasida guruhda birinchi o‘rinni olgani evaziga pley-offda ishtirok etadi. Oldindagi o‘yinlar faqat qaysi jamoa ikkinchi o‘rin orqali o‘tish o‘yinlariga o‘tishini hal qiladi.

Qolgan o‘yinlar

16 noyabr, 00:45. Uels – Belgiya
16 noyabr, 00:45. Chexiya – Estoniya

G guruhida kim birinchi bo‘ladi: Niderlandiya, Turkiya yoki Norvegiya?
Bu guruhda esa hali hech narsa aniq emas – uch jamoa guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Variantlar ko‘p, ammo ehtimoli eng yuqorisi – Niderlandiya birinchi, Turkiya ikkinchi o‘rin bilan chiqishi.

Qolgan o‘yinlar

16 noyabr, 00:45. Niderlandiya – Norvegiya
16 noyabr, 00:45. Chernogoriya – Turkiya
16 noyabr, 00:45. Gibraltar – Latviya

FIFA reglamentiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq jamoaning ochkolari soni teng kelib qolsa, quyidagi mezonlarga amal qilinadi:

  • to‘plar nisbati;
  • urilgan gollar soni;
  • o‘zaro uchrashuvlardagi natijalar: ochkolar, to‘plar nisbati, urilgan gollar; agar shunda ham ikki jamoa o‘rtasida tenglik kuzatilsa — safarda urilgan gollar hisobga olinadi;
  • feyr-pley reytingi;
  • qur'a.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid