Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada fransuzlarning finalni takroran o‘tkazish talabiga javob qaytarishdi
Argentinaliklar fransuzlardan yig‘ini to‘xtatishni talab qilishdi.
Argentinalik muxlislar fransiyalik muxlislarning futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati finalini takroran o‘tkazish haqidagi talabiga javob berishdi. Ular «Fransiya, yig‘ini to‘xtat» nomli petitsiyani Change.org portaliga joylashtirishdi.
«Jahon chempionati finalida mag‘lub bo‘lgan fransuzlar yig‘lashdan, nolishdan to‘xtamayapti va Argentina jahon chempioni ekanini tan olmayapti. Ushbu petitsiya orqali fransuzlarni yig‘lashni bas qilishga va [Lionel] Messi futbol tarixidagi eng zo‘r ekanini tan olishga va [Kilian] Mbappe uning o‘g‘lidek ekanini qabul qilishga chaqiramiz», deyiladi unda. Xabar nashr etilgan paytda petitsiyani 500 mingga yaqin odam imzolagan.
23 dekabr kuni fransuz muxlislari jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinini qayta o‘tkazish talabi bilan petitsiya e’lon qilishgan edi.
«Hakamlar mutlaqo adolatsiz edi, penalti yo‘q edi, [Argentinaning] ikkinchi golida Mbappega nisbatan qo‘pollik qilindi!» deb yozdi murojaat muallifi. Petitsiyani 300 mingga yaqin kishi imzolagan.
Petitsiya ko‘rib chiqish uchun Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) yuborilishi rejalashtirilmoqda.
Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati finalining asosiy va qo‘shimcha vaqtidan keyin 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Argentina qo‘li baland kelgan edi.
FIFA tarixida jahon chempionatlari finallarining hech biri takroran o‘tkazilmagan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
10:08 / 11.06.2026