Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya JChga yo‘llanma oldi. Ukraina va Turkiya pley-offda qatnashadi
Yevropa qit'asida jahon chempionati saralashi doirasida guruh bosqichi bahslari yakunlandi.
D guruhida muddatidan avval mundial masalasini hal qilgan Fransiya (18) safarda Finlyandiyani (11) mag‘lub etdi. Bundan foydalangan Ukraina (12) Bosniyada g‘alaba qozonib, pley-offda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
G guruhida Niderlandiya (23) o‘z uyida Norvegiyadan (18) ustun kelib, peshqadamlikni saqlab qoldi va JChga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Turkiya (21) esa Chernogoriya ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi.
Barcha masala hal bo‘lgan Ye guruhida Belgiya (20, 1-o‘rin) Uelsda (15, 2-o‘rin) murosa yo‘lini tanladi. Chexiya (14) guruhda 3-o‘rinni egallaganiga qaramay, Millatlar Ligasidagi ijobiy ishtiroki tufayli Avstriya kabi pley-offda ishtirok etadi.
Shu tariqa Yevropa qit'asidan JChga borishi kerak bo‘lgan 13 jamoadan 10tasi ma'lum bo‘ldi — Germaniya, Daniya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Serbiya, Xorvatiya, Shveytsariya, Angliya, Niderlandiya.
Qolgan 3 yo‘llanma egasi ikki bosqichdan iborat pley-offda aniqlanadi. Unda 12 jamoa qatnashadi — Portugaliya, Rossiya, Italiya, Shvetsiya, Shotlandiya, Uels, Polsha, Shimoliy Makedoniya, Ukraina, Turkiya, Chexiya va Avstriya.
Pley-offga 26 noyabr kuni qur'a tashlanadi. O‘tish o‘yinlari 2022 yil mart oyi so‘ngida o‘tkaziladi.
JCh-2022 saralashi. Yevropa
10-tur. 16 noyabr
D guruhi
Finlyandiya — Fransiya 0:2
Gollar: Benzema (66), Mbappe (76).
Finlyandiya – Gradetski, Uronen (Teylor, 73), O`Shonessi (Poxyanpalo, 82), Vyaysyanen, Ivanov, Hyamyalyaynen, Shyuller (Forss, 64), Kamara, Nissilya (Valakari, 82), Lud, Pukki.
Fransiya – Loris, Dyubua (Pavar, 46), Zuma, Upamekano, Kunde (Koman, 57), Din, Rabo (Veretu, 86), Tchuameni, Grizmann (Genduzi, 67), Mbappe, Diabi (Benzema, 56).
Bosniya va Gersegovina — Ukraina 0:2
Gollar: Zinchenko (59), Dovbik (79).
Bosniya va Gersegovina – Vasil, Ahmedhojich, Kovachevich, Hajikadunich, Sushich, Stevanovich, Hajiaxmetovich (Nalich, 71), Prsich (Krunich, 64), Goyak (Tsimirot, 64), Demirovich (Kodro, 80), Menalo (Prevlyak, 71).
Ukraina – Bushchan, Timchik, Matviyenko, Zabarniy, Sobol (Shaparenko, 64), Stepanenko, Malinovskiy (Sidorchuk, 81), Zinchenko, Tsigankov (Zubkov, 75), Yarmolenko (Karavayev, 82), Yaremchuk (Dovbik, 75).
Ye guruhi
Uels — Belgiya 1:1
Gollar: Mur (32) — de Bryuyne (12).
Uels – Uord, Robers, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams, Morrell, Remzi (Jonson, 90+3), Allen, Mur, Jyeyms.
Belgiya – Kastels, Mene (Trossard, 85), Boyata, Kastan (Dendonker, 59), Teate (Vertongen, 85), T.Azar, Vitsel, de Bryuyne, Vanaken, de Ketelare (Salemakers, 58), Origi (Vanzeyr, 59).
Chexiya — Estoniya 2:0
Gollar: Brabets (59), Sikora (85).
Chexiya – Vatslik, Tsoufal, Brabets, Zima, Novak, Masopust (Krmenchik, 60), Barak, Kral (Kuxta, 60), Sadilek (Pavelka, 69), Peshek (Sikora, 28), Vidra (Kopits, 69).
G guruhi
Niderlandiya — Norvegiya 2:0
Gollap: Bergveyn (84), Depay (90+1).
Niderlandiya – Sillessen, Dumfris, van Deyk, de Ligt, Blind, Veynaldum, Klassen (de Ron, 74), de Yong, Depay, Bergveyn, Danjuma (Ake, 89).
Norvegiya – Nyuland, Pedersen (Ulsen, 87), Strannberg, Hanche-Olsen, Meling, Torsbyu (Torstvedt, 46), Edegor, Normann (Gregersen, 74), Elyunussi, Syorlot, Solbakken (Hauge, 46; King, 74).
Chernogoriya — Turkiya 1:2
Gollar: Bechiray (4) — Akturko‘g‘li (22), Ko‘kchi (60).
Chernogoriya – Sharkich, Veshovich, Tomashevich, Savich (Simich, 57), Vuyachich, Radunovich, Yovovich (Bojovich, 67), Osmayich, Hakshabanovich (Vukotich, 57), Bechiray (Vuynovich, 67), Yankovich (Raichkovich, 74).
Turkiya – Chaqir, Chelik, Demiral, Suyunchi, Erkin, Ayxan, O‘mur (Kutlu, 79), Akturko‘g‘li (Yilmaz, 79), Chalxono‘g‘li, O‘zdemir (Ko‘kchi, 46), B.Yilmaz, Dervisho‘g‘li (Karaman, 69).
Gibraltar — Latviya 1:3
Gollar: Uoker (7) — Gutkovskis (25), Uldriks (55), Krollis (75).
Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022