Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston Osiyoda 11-o‘rinda
FIFA rasmiy sayti noyabr oyidagi JCh-2022 saralash uchrashuvlari va rasmiy o‘rtoqlik o‘yinlaridan keyingi milliy jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bu safar ham 84-o‘rinda qolgan. Milliy jamoamiz yozda JCh-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, bir pog‘ona pastlab 83-o‘rindan 84-pog‘onaga tushgan edi. Srechko Katanets qo‘l ostida so‘nggi uch oyda 4ta o‘yinda 3 mag‘lubiyat (Shvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir g‘alaba (Malayziya 5:1) qayd etilishiga qaramay, O‘zbekiston reytingda o‘z o‘rnini saqlab qolgan.
Osiyo mamlakatlari orasida Eron peshqadam (21-o‘rin) bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Saudiya Arabistoni (48), Qatar (51), BAA (70), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (78) va O‘zbekiston (84) qit'ada 11-o‘rinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Suriya (85), Bahrayn (90), Iordaniya (91) va Livan (94) joy olgan.
Jahon reytingida hali hamon Belgiya peshqadam – 1-o‘rin. Braziliya va Fransiya uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari o‘nlikdan joy olgan.
Mavzuga oid
22:26 / 03.06.2026
220 ta maktabda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlari katta ekranda namoyish etiladi
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
20:05 / 28.05.2026