Respublikadagi budjet tashkilotlari va tadbirkorlik sub'yektlarida 50056 nafar xodim emlanmagan holda faoliyat olib borayotgani uchun 2225ta ish beruvchiga nisbatan jarima solindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma'lum qildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan xodimlarning koronavirusga qarshi emlanishini nazorat qilish maqsadida respublika bo‘yicha 27 923ta tekshirish o‘tkazildi.
Shundan 7 905tasi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda, 20 018tasi budjet tashkilotlarida o‘tkazilgan.
Tekshirishlar davomida jami 50 056 nafar vaksina olmagan shaxslar aniqlanib, ularning 11 244 nafari xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda, 38 812 nafari budjet tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarini tashkil etdi.
Vaksina olmagan 26 008 nafar shaxs ishdan vaqtinchalik chetlatilgan.
2 225ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta obektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish chorasi qo‘llandi.
Joriy yilning 2 avgust kuni qabul qilingan qonunga ko‘ra, mehnat qonunchiligiga xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekaniga oid qo‘shimcha kiritildi. Ma'lum qilinishicha, quyidagi toifadagi xodimlar ixtiyoriy bo‘lmagan holda ommaviy emlanishi zarur:
- aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish obektlari (davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston pochtasi bo‘linmalari, advokatlik tuzilmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalar) xodimlari;
- barcha turdagi savdo (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak, dorixona va boshqalar) obektlari xodimlari;
- sport maktablari hamda sport inshootlari, madaniy hamda ko‘ngilochar obektlar va dam olish maskanlari xodimlari;

















