Şu yil oktyabrda UzAuto Motors yangi Captiva 5 sotuvga çiqarilganini e'lon qilgandi. Noyabr oyi örtalarida UzAuto Motors kompaniyasining dilerlik punktlari yangilangan Chevrolet Captiva avtomobili uçun tuzilgan şartnomalarni bekor qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 20 noyabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomaşinasini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzişni töxtatganini ma'lum qildi va buni «bugungi kunda jahon avtomobil sanoati oğir kunlarni boşdan keçirayotgani» bilan izohlab, öz mijozlaridan «keltirilgan noqulayliklar uçun çeksiz uzr söradi».

Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun içida tuzilgan şartnomalar böyiça tölangan barça mablağlar töliq qaytarilişi, qöşimça ravişda oldindan tölov summasining 5 foizi kompensatsiya sifatida taqdim etilişi bildirilgan.

«Zavod yöq, muammo ham yöq» – iqtisodçi UzAuto bilan boğliq muammolar va çegaradagi tösiqlar haqida

«Keçadan buyon UzAuto Motors’ning Captiva böyiça şartnomalarni bekor qilayotgani katta şov-şuvlarga sabab böldi. Oçiği zavod bilan boğliq bunday muammolar birinçi marta bölayotgani yöq. Oldin ham şu kabi muammolar bir neça marta sodir bölgan (masalan, yetkazib berişning keçiktirilişi juda köp uçraydi).

Bir neça kun oldin yozganimdek, bunday muammolarning eng yaxşi va eng töğri yeçimini taşqi savdodan izlaş lozim. Ya'ni aynan taşqi savdoda muammolar bölgani bois, içki bozorda bu kabi holatlar sodir bölmoqda. Agar vaziyat özgarmasa, kelajakda ham sodir bölişda davom etadi.

Keling, çegaralarni qisman oçiş qanday natijalarga olib kelişi mumkinligi borasida fikr yuritib köramiz. Tasavvur qiling, hukumat avtomobil olib kiriş uçun boşqa barça tösiqlarni olib taşlab, import qilingan avtomobil uçun 10 foizlik boj joriy qilsa hamda import qilinayotgan avtomobillar 15 foizga teng qöşilgan qiymat soliğini tölasa, undan kelib çiqadiki, çegaradagi umumiy tösiqlar 25 foizni taşkil etadi (hozirgi holatdan taxminan 3-4 marta pastroq). Çegaradagi tösiqlarning bunday keskin pasayişi ortidan milliy zavodimiz çet ellik işlab çiqaruvçilarga içki bozorni butunlay boy bersa (ya'ni faoliyatini töxtatsa) hamda yengil avtomobillarning yillik iste'moli 350 mingtaga yetsa (albatta, iste'mol bu körsatkiçdan biroz kamroq yoki köproq şakllanişi ham mumkin), xöş bu qanday natijalarga olib keladi?

Agar import qilinadigan yengil avtomobilning örtaça narxi taxminan 10 ming dollarni taşkil etsa, unda yangi rejimda 10 foizlik bojlarning umumiy tuşumi 350 mln dollar yoki taxminan 3,7 trln sömni taşkil etadi (0.1*350 000*10000). 15 foizlik QQSning umumiy tuşumi esa 525 mln dollar yoki taxminan 5,6 trln sömni taşkil etadi (0.15*350 000*10000).