Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook foydalanuvchilarga lentadagi postlar va ularning mavzusini sozlash imkonini beradi
Foydalanuvchilar sozlamalarda lentada kamroq ko‘rishni istaydigan sahifa va mavzularni belgilashi mumkin bo‘ladi.
Facebook foydalanuvchilarga o‘z lentalarini ko‘proq nazorat qilish imkonini beruvchi funksiya sinovlari boshlangani haqida ma'lum qildi. Ijtimoiy tarmoq sozlamaga uchta band qo‘shdi: do‘stlar, oila, guruhlar, shuningdek, sahifa va jamoat arboblari. Meta kompaniyasi blogida shu haqida yozilgan.
Hozircha sinov ingliz tilidagi foydalanuvchilar uchun ishga tushirilgan. Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, u “kam sonli foydalanuvchilar”nigina qamrab oladi. Qolgan foydalanuvchilarda esa ushbu funksiya yaqin haftalarda paydo bo‘ladi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq reklama beruvchilarga muayyan mavzu sohalaridagi kontentni olib tashlash imkonini beradi. Masalan, siyosat, ijtimoiy masalalar, jinoyat va hodisalar. “Reklama beruvchi bir va bir necha mavzuni aniqlasa, u holda o‘z lentasida mana shu mavzuni ko‘rishni istagan foydalanuvchilar mazkur reklamani ko‘rishmaydi”, deyiladi kompaniya blogida.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:41 / 18.04.2026
Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
15:58 / 30.01.2026