Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
Pekinning fikricha, Manus’ning sotilishi AQShga muhim texnologiyalarning sizib chiqishi xavfini tug‘diradi.
Foto: Getty Images
Xitoy taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi (NDRC) Manus sun’iy intellekt startapini Meta kompaniyasiga sotish bo‘yicha kelishuvni bekor qilishni talab etdi. Bu Pekinning so‘nggi paytlardagi texnologiya sohasiga eng jiddiy aralashuvlaridan biridir, deb yozdi CNN.
Meta Manus’ni 2 milliard dollarga sotib olishni rejalashtirgan edi. Dastlab Xitoyda tashkil etilgan va keyinchalik shtab-kvartirasini Singapurga ko‘chirgan startap o‘zining ilg‘or SI agentlari - foydalanuvchi nomidan murakkab vazifalarni mustaqil ravishda bajara oladigan avtonom tizimlari bilan tanilgan.
Xitoy hukumati 2026 yil yanvarida tergov boshlagan va kompaniya ta’sischilariga mamlakatni tark etishni taqiqlagan edi. Pekinning fikricha, Manus’ning sotilishi AQShga muhim texnologiyalarning sizib chiqishi xavfini tug‘diradi.
Manus jamoasining bir qismi allaqachon Meta tuzilmalariga integratsiyalashgan bo‘lsa-da, bitim endi butunlay bekor qilinishi kerak.
Meta hozircha holatga izoh bermadi. Bu voqea Donald Tramp va Si Jinpingning kutilayotgan uchrashuvidan bir necha kun oldin sodir bo‘lmoqda, bu esa AQSh va Xitoy o‘rtasidagi texnologik qarama-qarshilikning chuqurligini ko‘rsatadi.