Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
200ga yaqin mehnat migranti Rossiyada bir necha oydan beri maosh ololmayotganini aytmoqda
Kun.uz tahririyatiga Rossiyadagi mehnat migrantlaridan murojaat kelib tushdi. Ular bir necha oydan beri ish haqi berilmayotganini ta'kidlashmoqda. Qolaversa, ularning pasportlari ham olib qo‘yilgan, bo‘lishi mumkin.
Migrantlarga ko‘ra, patentni rasmiylashtirish muddatlari ham o‘tib ketgan, ammo patentdan darak yo‘q. Ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ishga yuborilganini aytishmoqda. Ishchilarga haftasiga 1,5 ming rubldan avans berilmoqda. Biroq, bir necha oydirki, to‘liq hisob-kitob qilinmayotgani ta'kidlangan.
Videomurojaatda ish beruvchi Smolensk viloyati, Vyazma shahri, Komsomolskaya 4 manzilida joylashgan “Konstanta” firmasi ekani aytiladi. Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan migrantlardan biri shartnomaning suratini taqdim etdi. Unda korxona Moskva shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Vanta” mas'uliyati cheklangan jamiyati ekani qayd etilgan. Mehnat migranti korxona dengiz mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashganini ma'lum qildi.
Shartnomada, shuningdek, unda ish haqiga doir bandlar ham kiritilgan. Ish haqi 1 oyda 28 kunlik ish vaqti uchun 45-50 ming rubl ekani va naqd ko‘rinishda to‘lanishi qayd qilingan. Shartnomaga muvofiq, ilk 30 kunlik ish haqi transport va boshqa xarajatlar uchun ushlab qolinishi belgilangan. Ikkinchi oydan har 10 kunda ish haqi to‘lanishi ta'kidlangan. Qolaversa, haftada 3 marta 500 rubldan avans berilishi ham yozilgan.
Lekin, migrantlar ish beruvchi tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinmayotganini aytishgmoqda.
Kun.uz mutasaddi idoralardan vaziyat bo‘yicha tegishli izohlar kutib qoladi.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026