Avstriya O‘zbekistonga 150 ming doza AstraZeneca vaksinasini jo‘natdi
Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash doirasida 150 ming doza AstraZeneca vaksinasi jo‘natildi.

Foto: «Dunyo» agentligi
O‘zbekistonning Venadagi YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ma'lumotiga ko‘ra, vaksinalar Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.
«Dunyo» agentligi xabar berishicha, O‘zbekistonning Venadagi elchisi Abat Fayzullayev Avstriya Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan birgalikda Toshkentga insonparvarlik yuklarini jo‘natish marosimida ishtirok etgan.
Vaksinalarni manzilga bezarar yetkazib berish uchun tomonlar tibbiy mahsulotlarni tashishning barcha jihatlarini ta'minlashni nazarda tutgan. Xususan, vaksinalar maxsus sovitkichli konteynerga joylashtirilgan. Unda sovitish jarayoni va 2-7 darajali harorat ta'minlanadi. Yukni Toshkentga yetkazish Vie Pharma Handling Center maxsus transport xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linhartning 7–8 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Tashrif doirasida Avstriya tashqi siyosat mahkamasi rahbari O‘zbekiston Tashqi ishlar va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari rahbarlari bilan uchrashgan.
Mixael Linhart O‘zbekiston Avstriyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim hamkori ekanini ta'kidlagandi. Shuningdek, Avstriya fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan. «Bu do‘stlikning kuchli belgisi edi», — deya qayd etgan edi avstriyalik diplomat.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
-
WSJ: Trampning maslahatchisi Mayk Uols Signal messenjeri chatlarida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan
Jahon | 21:37
-
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00
-
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
O‘zbekiston | 20:57
Mavzuga oid

20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi

21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi

09:30 / 16.08.2024
AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

20:41 / 08.05.2024