Ekoqo‘m 25 ming 784 gektar yer maydonini yaroqsiz holatga keltirgan tashkilotlar nomini ochiqladi
Kecha, 26 noyabr kuni AOKA majlislar zalida Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida yer-suv resurslaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov O‘zbekistonda ekin maydonlari sho‘rlanishi va bu jarayonda kimyoviy o‘g‘itlarni kamaytirishning o‘rni borasidagi savolga ham javob berdi.
«Gerbitsid, pestitsid va mineral o‘g‘itlar. Ularning aksariyati bizga import sifatida kirib keladi. Avvalroq kimyoviy o‘g‘itlarning importi nazorati «O‘zagrokimyohimoya» AJda edi. Hozirda tugatilgan bu tashkilotning respublikada 13ta kimyoviy poligoni bor. Biz endilikda o‘sha poligonlarni qaror bilan o‘zimizga olyapmiz.
Bundan tashqari, avvallari respublikaga olib kiriladigan barcha kimyoviy o‘g‘itlarni nazorat qilish bo‘yicha alohida komissiya ishlardi. Biz bu komissiyaga ham a'zo bo‘ldik. Endilikda kimyoviy moddalarning O‘zbekistonga kirib kelishi, ishlatilishi va ishlatilgach, uning idish, chiqindi va yorliqlari qayerga topshirilishigacha nazoratda bo‘ladi.
Biz aytyapmizki, bu kabi mahsulotlarning idishlari utilizatsiya qilinishi kerak», – dedi u.
Boqijonovning qo‘shimcha qilishicha, hozir O‘zbekistonda 25 ming 784 gektar buzilgan yer maydoni bor.
«Bu «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, Avtomobil yo‘llari va Geologiya qo‘mitasi, Issiqlik elektr stansiyalari, «O‘zbekneftgaz» va «Lukoyl» kabi kompaniyalar hisobidan chiqib kelyapti. Bular nimadir ish qiladiki, yerni buzadi.
Biz bu maydonlarga qayta ishlov berishni ularning o‘ziga topshirganmiz.
Bu borada ular oxirgi to‘rt yilda 6 ming 459 gektar yer maydonini bizga qayta ishlov bergan holda qaytarishi kerak. Bu bo‘yicha ishlayapmiz», – dedi qo‘mita raisi o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
-
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
Jahon | 22:58 / 27.04.2025
-
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda - Axios
Jahon | 22:36 / 27.04.2025
-
Uch daqiqa jismoniy faollik yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi
Jahon | 22:00 / 27.04.2025
Mavzuga oid

17:18 / 20.06.2024
Do‘stlik bog‘i hududini noqonuniy egallab olgan qurilish kompaniyasi jarimaga tortildi

17:18 / 11.10.2022
Manba: Ekologiya qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

07:48 / 20.08.2022
«Daraxtkushlik» uchun jarimani oshiruvchi qonun loyihasi nega tasdiqlanmayapti?

12:31 / 21.04.2022