Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot OTMning bitiruvchi talabalari doimiy yashash joyidagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi
“Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan filiallar tashkil etiladi:
- akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – xirurgiya;
- Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – kardioxirurgiya;
- Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – neyroxirurgiya;
- Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – urologiya;
- Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – nefrologiya.
Transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi bo‘limlari hamda immunogenetik laboratoriya tashkil etiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari o‘quv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi hamda ma'ruza va o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.
Institut va klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tumani tajribasi” joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

15:25 / 17.06.2023
Grant asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi

16:04 / 15.06.2023
Qabul boshlanishiga 5 kun qoldi, kvotalardan esa darak yo‘q

21:30 / 12.06.2023
Talaba xotin-qizlar uchun soliq imtiyozi kengaytiriladi

12:15 / 09.06.2023