“Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim taşkilotlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan:
Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti taşkil etiladi;
Samarqand davlat universitetiga Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qöşib olinadi;
Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qöşib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yölga qöyiladi;
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini qöşib olinadi.
2026/27 öquv yilidan mazkur qarorda közda tutilgan OTMlarning professor-öqituvçilari va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakçi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot taşkilotlariga malaka oşiriş va ilmiy stajirovkaga yuboriladi.
2027/28 öquv yilidan Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilğor muhandislik maktabi taşkil etiladi.

















