SSV matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abdulla Azizovga murojaat qildi.
“Uşbu holatga izoh berişdan avval şuni aytmoqçimanki, Soğliqni saqlaş vazirligi COVID-19’ga qarşi emlaniş statistikasi sun'iy oşirilişidan heç qanday manfaatdor emas. Aksinça, har bir fuqaro emlaş jarayonlarida faol iştirok etib, bu orqali mamlakatimizdagi epidemik vaziyatning barqaror bölişi tarafdoridir.
Şu nuqtayi nazardan, yuqoridagi videomurojaat egasining vaksina olgan aholining umumiy statistikasiga işonçsizlik bildirişiga asos yöq.
Töğri, ayni paytda fuqarolarimizda “Koronavirusga qarşi emlanganlik töğrisidagi sertifikatni qayerdan va qanday oliş mumkin?”, “Qaysi vaksinadan söng organizmda kuçli immunitet hosil böladi?” kabi savollar bilan birga, emlanganlik haqidagi SMS-xabarnomalar yuzasidan ba'zi tuşunmovçiliklar yuzaga kelmoqda.
Jumladan, yuqoridagi holat kabi bugun ayrim fuqarolarning qöl telefoniga koronavirusga qarşi vaksina olganlik haqida notöğri SMS-xabarnoma yuborilmoqda. Aslida esa öşa fuqaro umuman emlanmagan bölib çiqyapti. Bu bir qaraşda biroz tuşunarsiz holat bölişi mumkin, biroq uşbu jarayonlarda inson omili iştirok etişini hisobga olsak, xatoliklar yuzaga kelişi mumkin.
Ya'ni, hozirda emlanayotgan aholining şaxsiy ma'lumotlarini elektron tizimga kiritayotgan tibbiyot xodimi katta hajmdagi axborot bilan işlaşiga töğri kelmoqda. Qolaversa, ba'zi emlaş punktlarida ma'lumotlar qoğoz jurnallarga kiritilayotgani bois, mas'ul xodimning xato qiliş ehtimoli yöq emas.
Bunday holatlarning oldini oliş uçun ITMed mobil ilovasi va telegramdagi @itmeduz_bot sahifasida JŞ ŞIR (jismoniy şaxslarning şaxsiy identifikatsion raqami) hamda my.gov.uz portali orqali JŞ ŞIR va pasport ma'lumotlaridan foydalangan holda fuqarolarga vaksina oliş uçun elektron navbatga yoziliş va emlanganlik sertifikatini yuklab oliş imkoniyati yaratilgan. Bu esa har tomonlama işonçli va xavfsizdir.
Agar vaksina oluvçi fuqaroda bunday imkoniyat bölmasa, özining şaxsiy ma'lumotlari va telefon raqamini emlaş hamşirasiga töğri aytganiga işonç hosil qilişi kerak. Ana şunda yuqoridagi kabi tuşunmovçiliklar yuzaga kelmaydi”, dedi Abdulla Azizov.

















