Farmatsevtika agentligi rahbari Kun.uz bilan suhbatda retsepsiz sotiladigan dorilar narxiga çeklov bekor qilinayotganini xalqaro tajriba bilan izohladi. Uning aytişiça, 15 fevralgaça dori qutisidagi QR kod asosida uning ruxsat etilgan maksimal narxini körsatuvçi ilova işga tuşiriladi. Dori vositalariga QQS stavkasi qayta körib çiqiladi. Dorixonadan dori sotib olib, sifatini tekşiriş yölga qöyiladi.
Farmatsevtika sohasi böyiça 28 yanvar kuni imzolangan prezident farmoniga asosan, 2025 yil 1 apreldan boşlab retsepsiz sotiladigan dorilarga nisbatan narx çeklovi bekor qilinmoqda. Bu narxlar sun’iy oşirilişi mumkin degan xavotirlarga sabab bölyapti. Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizov Kun.uz'ga bergan intervyusida çeklovning olib taşlanişi aksinça raqobatga ta’sir qilib, narx pasayişini aytdi.
Uning sözlariga köra, hozirda Özbekistonda 9 500 ta dori vositalari röyxatdan ötkazilgan bölib, şundan 1 500 tasi retsepsiz sotiladi.
“Barça örgangan davlatlarimizda retsept bilan beriladigan dori vositalari narxini nazorat qiliş mexanizmi mavjud, lekin retsepsiz beriladigan dori vositalari, ya’ni siz oğir kasal bölganingizda eng zaruriy bölmagan, faqat özingizga qöşimça sifatida oliş mumkin bölgan dori vositalari narxiga esa heç qanday davlat nazorati qöyilmagan.
Ya’ni retsepsiz beriladigan dori vositalarni sotişda dorixonalar bir-biri bilan raqobatga kirişişi, narxni tuşirişi yoki oşirişi mumkin – özining foydasidan kelib çiqadi. Retsept bilan beriladigan dori toifalari esa ijtimoiy soha bölib, inson salomatligiga töğridan töğri boğliq. Şuning uçun Özbekistonda biz ham şunday tartibni joriy etyapmiz.
“Xalqimiz asosan göşt narxini emas, dori narxini gapiryapti”, deb davlat rahbarimiz ham köp aytdilar. Bu böyiça yana bir topşiriq berganlar. Mart oyigaça Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qömitasi bilan dori vositalariga kiritilgan QQSni qaytadan körib çiqişimiz kerak. Qandaydir yengillik yaratiş imkoniyati bölsa, örganib, taklif kiritişimiz kerak. Bu ham narxlarni yanayam tuşiriş imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda referent narxlar böyiça olib borayotgan faoliyatimiz ham töğridan töğri narxlarning tuşişiga olib keladi. Ijtimoiy nazoratning keskinlaşişi ham narx tuşişiga olib keladi. Bu farmon bilan biz töğri mexanizmni yölga qöyiş orqali, kutişimiz kerak bölgan narsa – narxlar tuşişi. Oldimizga heç qanday narx oşişi maqsad qilib qöyilmagan, faqatgina muhim dori vositalarining narxi tuşişi kutiladi.















