O‘zbekiston | 07:55 / 04.12.2021
3937
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va YeXHT Afg‘oniston bo‘yicha o‘zaro kelishilgan pozitsiyani ishlab chiqadi

2021 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Stokholm shahriga amaliy tashrifi doirasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: TIV axborot xizmati

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash, davlat boshqaruvining samaradorligi va shaffofligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, inson huquqlarini himoya qilish, gender tengligi tamoyillarini ilgari surish kabi yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni faollashtirishdan tomonlarning birday manfaatdor ekani ta'kidlandi.

H.Shmid YeXHTning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda BMT Global terrorizmga qarshi kurash strategiyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Afg‘oniston masalasi, jumladan ushbu mamlakatni nizodan keyingi tiklash bo‘yicha tashkilotning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid