Internet foydalanuvçilari soni ösmoqda. Biroq sayyora aholisining 37 foizi hali ham undan foydalaniş imkoniyatiga ega emas. Bu esa 2,9 mlrd kişi butun dunyo töri afzalliklaridan heç qaçon foydalanmaganini anglatadi. Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) yangi hisobotida keltirilgan ma'lumotlarda keltirilişiça, köpçilik uçun juda qimmat, boşqalar esa raqamli könikmalarga ega bölmagani uçun undan foydalana olmaydi.
Prognozlarga köra, 2021 yil yakuniga kelib, tarmoqqa ulanganlar 4,9 mlrd kişini taşkil etadi. 2019 yilda mazkur körsatkiç 4,1 mlrd kişidan iborat edi. XEI ekspertlari global rivojlaniş nuqtayi nazaridan buni yaxşi yangilik deb hisoblaşmoqda. Biroq umumiy ma'lumotlar raqamli texnologiyalar sohasida ulkan tengsizlikni körsatmoqda.
Internetga hali ulanmagan 2,9 mlrd kişining qariyb 96 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yaşaydi. Hatto internet foydalanuvçisi deb hisoblangan 4,9 mlrd kişi orasida bir neça yuz million kişi internetga doimiy ravişda kiriş imkoniyatiga ega emas.
“Hozirgi vaqtda internetga Yer aholisining qariyb uçdan ikki qismi ulangan. Biroq unga har bir kişini ulaş uçun hali köp iş qiliş kerak. XEI qolgan 2,9 mlrd kişini internetga ulaş borasida barça zaruriy tuzilmaviy mexanizmlar mavjudligiga işonç hosil qiliş uçun barça tomonlar bilan iş olib boradi”, - deya ma'lum qildi XEI boş kotibi Xoulin Çjao.
Ekspertlarning qayd etişiça, pandemiyada körilgan çoralar internetga ulanişlar soni ösişiga hissa qöşgan. Ikki yil içida tarmoq foydalanuvçilari soni 17 foizga ösdi. Köpçilik unga ulanişga majbur böldi, çunki bu ta'lim oliş, işlaş, yangiliklardan boxabar böliş va kommunal xizmatlar uçun haq tölaşning yagona imkoniyati edi. Biroq hammaning ham buning uçun mos keladigan telefon, kompyuter yoki leptoplar sotib oliş yoki internet xizmatlari uçun haq tölaşga qurbi yetmadi.
Pandemiyaning birinçi yilida internet foydalanuvçilari soni 10 foizdan köproqqa ösdi. Bu esa sönggi ön yillikda eng yuqori yillik ösişdir. Ekspertlarning qayd etişiça, yangi ulanişlar rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oşirilgan.
Biroq muammo hal etilmadi. Kam rivojlangan mamlakatlarda odamlarning deyarli törtdan uç qismi internetga kirmagan. Asosiy sabab – qaşşoqlik, savodsizlik, elektr energiyasidan foydalanişning çeklangani, şuningdek, raqamli könikma va raqamli texnologiyalar haqida ma'lumotga ega emaslik. Şu bilan birga, asosan ayollar raqamli dunyodan taşqarida qolyapti.
Şahar va qişloq rayonlari örtasida tafovut saqlanib qolmoqda, garçi rivojlangan mamlakatlarda bu unçalik bölmasa ham. Global miqyosda internet foydalanuvçilari soni şaharliklar orasida qişloq rayonlari aholisiga qaraganda ikki marta köp.














