Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy hokimi ajrashishlar ko‘paygani uchun mahalla raisi o‘rinbosarlariga intizomiy jazo chorasi qo‘lladi
Joriy yil 6 dekabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfiddinov tumandagi 14ta mahalla vakillariga hayfsan tarzida intizomiy jazo chorasi tayinlash haqidagi farmoyishni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi har bir oilalarning turmush sharoiti va ahvolini o‘rganmaganligi tufayli oilaviy ajrimlar soni keskin oshib ketganligi sababli, “Armug‘on”, “Boshliq”, “Qushbegi”, “Dilbuloq”, “Muhandislar”, “Meros”, “Muqimiy”, “Yakkasaroy”, “Rakat”, “To‘qimachi”, “Abdulla Qahhor”, “Yunus Rajabiy”, “Belariq”, “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlariga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Bundan tashqari, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni keskin oshganligi munosabati bilan barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari qat'iy ogohlantirildi.
Mavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
19:47 / 15.11.2025
Yakkasaroy tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025