Jahon | 09:13 / 10.12.2021
7495
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda qishda Rossiya harbiy bazasining yangi tanklari bilan 40 ga yaqin mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Joriy yilning 9 dekabr kuni Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasida ekipajlarga yangi T-72B3M tanklarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Aziya-Plyus» xabar bermoqda.

Foto: TMHO

Qayd etilishicha, qishki tayyorgarlik davrida rossiyalik tankchilar yangi rusumdagi texnikalar bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tadi, jangovar mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Shuningdek, yangi tanklarning kamida 40 ta turli xil mashqlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha 6 dekabr kuni yaxshilangan jangovar xususiyatlarga ega 30ta modernizatsiya qilingan T-72B3M tanklari 201-sonli Rossiya harbiy bazasida xizmatga kirishdi. 

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Lapinning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi jangovar qudratini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

201-bazaning uchta bataloni BMP-2M va BTR-82A harbiy texnikasi bilan to‘liq qayta jihozlandi, tankka qarshi bo‘linmalar «Kornet» boshqariladigan raketa tizimlari, «Verba» zenit komplekslarini qabul qilib oldi. Shuningdek, ASVK-M «Kord» snayper miltiqlari va AK-12 avtomatlari taqdim etildi. 

Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza Rossiyaning o‘z chegaralaridan tashqaridagi eng yirik harbiy inshootidir. U ikki shaharda - Dushanbe va Bo‘xtarda joylashgan. Baza tank, artilleriya, razvedka, havo hujumidan mudofaa, aloqa va boshqa bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid