Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Baydenning Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi tahdidlari ish bermayotganini aytdi
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani “to‘xtatish” uchun bunday tahdidlar yetarli emas.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokaralari chog‘ida bildirgan “juda keskin iqtisodiy sanksiyalar” to‘g‘risidagi tahdidlari ish bermayotganini aytdi.
“Amerika va Rossiya yetakchilarining muzokaralaridan keyin chegaralarimiz yaqinida harbiy guruhlarning kamaytirilishi olib borilmayapti. Buning ustiga, akvatoriyasining 70 foizi Rossiya tomonidan yopib qo‘yilgan Azov dengizida keskinlik uchun yana bir makon paydo bo‘ldi”, — dedi Zelenskiy La Repubblica nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani “to‘xtatish” uchun bunday tahdidlar yetarli emas.
O‘tgan haftada Putin va Bayden o‘rtasida videomuloqot o‘tkazilgandi. Oq uyning ma’lum qilishicha, Bayden suhbat davomida Ukraina atrofidagi vaziyat borasida xavotir bildirgan.
Putin Ukraina Minsk kelishuvlarini bajarmayotganiga e’tibor qaratgan.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026