Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtani qayta ishlash uchun bino va inshootlar bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi
Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Vazirlar Mahkamasining "Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Endi paxta tozalash korxonalari hamda paxta qabul qilish maskanlarining bino va inshootlari to‘g‘ridan to‘g‘ri paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkilotchilariga baholangan qiymatda 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan sotiladi.
Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha:
paxta tozalash korxonalari va paxta qabul qilish maskanlarining bino va inshootlari ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida modernizatsiya qilish sharti bilan sotiladi;
paxta tozalash korxonalari va paxta qabul qilish maskanlarining bino va inshootlarini sotish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan taqdirda, tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
12:15 / 14.03.2026