Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hindiston bilan savdo sohasida «yashil yo‘lak» tashkil etishni taklif qildi
2021 yilning 19 dekabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Foto: TIV axborot xizmati
Uchrashuvda Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi siyosat, iqtisodiyot, raqamlashtirish va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi aloqalarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati, tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi kurashish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir Komilov o‘z nutqida «Hindiston – Markaziy Osiyo» shaklidagi o‘zaro hamkorlik salohiyatidan yanada to‘liqroq foydalanish, ikki mintaqaning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, jumladan, barqaror savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish, mahsulotlarni Hindiston va Markaziy Osiyo bozorlariga olib kirish uchun «yashil yo‘lak» tashkil qilish, IT-mutaxassislari uchun platforma yaratish muhimligini ta’kidladi.
Mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida muloqotda ishtirok etuvchi har bir davlatda navbat bilan yillik tadbirlarni o‘tkazadigan «Hindiston va Markaziy Osiyodagi tahliliy markazlar forumi» tahliliy platformasini tashkil etish taklif etildi.
Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Bu davlatning xalqaro yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Sessiyalar doirasida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Mavzuga oid
15:26 / 04.02.2026
Kreml: Hindiston Rossiya neftini xarid qilishdan voz kechgani haqida xabar bermadi
12:04 / 03.02.2026
Tramp: Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
15:14 / 30.01.2026