— Özbekistonda bugun ham davlat xizmatining jozibador emasligi oğir muammolardan. Unga deyarli köp holatda OTMlarni 3 bahoga bitirganlar boradi. Yaxşi bahoga öqigan, kuçli kadrlar yo xususiy sektorga ketadi, yo çet elga. Yoki magistraturadagi öqişini davom ettiradi.

Sizningça, muammo yuqori rahbariyatda qançalik tuşunilyapti?

— Davlat xizmatining jozibador emasligiga sabablardan biri – işga kirişdagi qiyinçiliklar edi. Prezident ötgan yili bizga davlat taşkilotlarida meritokratiya tizimini yaratiş böyiça topşiriq bergandi.

Bilasiz, avvallari işga kiriş uçun da’vogarlar önlab hujjatlarni qölida kötarib yurardi. Ammo mana şunda ham da’vogarda ha yoki yöq javobiga kafolat bölmasdi. Hozir esa şunçaki «vacancy.argos.uz» saytiga kirasiz va körasizki, bir vaqtning özida 11 ming 347 ta turli vakant joylarga 329 ming kişi hujjat topşirgan. Bunda heç qanday ortiqça hujjatbozlik yöq. Nomzodlar testdan, suhbatdan ötyapti va işga kiryapti.

Lekin aytganingizdek, endi davlat xizmatiga salohiyatli kadrlarni olib keliş kerak. Çunki ular qança aqlli bölsa, xalqqa şunça foyda. Biz şuning uçun ham kelajak liderlari klubini oçdik. Qaçon bizga «3» «4» baholilar kelişini kutib ötirmadik. Biz ularni öqityapmiz, rahbarlikka tayyorlayapmiz. Tasavvur qiling, ular keyingi yillarda davlat xizmatiga kirib keladi, keyingi yillarda yana şunça kadrni tayyorlab olamiz.

Biz oliy ta’lim yoki xalq ta’limi aybdor deya kadr kutib ötirganimiz yöq. Özimiz bordik yoşlar oldiga.

— Biz davlat xizmatida işlayotgan istalgan kişi bilan gaplaşsak, u davlat taşkilotlarida kreativlik yöqligi va böğiq muhit haqida gapiradi. Sizningça, bu tabiiy holatmi yoki har qanday işni ham kreativ tarzda amalga oşiriş tizimi bormi qandaydir?

Balki, bu öşa tizim rahbarining kamçiligidir.

— Hozir kreativ innovatsiyalar juda muhim. Töğri, avval iş jarayonida yoşlar fikri eşitilmasdi, hozir esa eşitilyapti. Bir misol: biz öz taşkilotimizga «vacancy.argos.uz» sayti kerakligini aytdik va bu qabul qilindi. Yoki KPI tizimini aytdik va bu ham qabul qilindi.