20:00 / 22.12.2021
11194

UZCARD kartalari orqali Paysend xalqaro pul o‘tkazmalari

UZCARD kartalari egalari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida o‘zlarining so‘m kartalaridan xalqaro bank kartalariga xalqaro pul o‘tkazmalarini onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Foto: UZCARD
Foto: UZCARD

UZCARD kartasi bilan xalqaro pul o‘tkazmalari yanada osonlashdi: endilikda xorijga pul jo‘natish uchun bankka borish shart emas, Paysend ilovasini o‘rnatish va unga UZCARD kartasini ulash kifoya. Keyin pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan karta raqami kiritiladi va «yuborish» tugmasi bosiladi. O‘tkazma summasidan qat’i nazar, o‘tkazma uchun komissiya to‘lovi miqdori 4999 so‘mni tashkil qiladi*. 

Foto: UZCARD

2022 yil 22 martgacha Paysend ilovasi orqali UZCARD kartasidan kamida 100 ming so‘m yuborib, siz Iphone 13 va boshqa qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. (Batafsil ma’lumot)

Foto: UZCARD

Loyiha O‘zbekistondagi hamkor bank – «Universalbank» ATB ko‘magida Paysend innovatsion moliyaviy texnologik xizmat tomonidan ishga tushirildi. Plum technologies loyihaning texnik integratori sifatida qatnashdi.

Paysend ilovasida pul o‘tkazmasining barcha tafsilotlari, jumladan kurs, o‘tkaziladigan summa, komissiya, olinadigan summa hali o‘tkazmani amalga oshirmay turiboq ko‘rinadi. Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmati erta-yu kech va dam olish kunlarisiz savollarga javob beradi va maslahat beradi.

Paysend xalqaro pul o‘tkazmalarining onlayn xizmati 2017 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va butun dunyo bo‘ylab 5 milliondan ortiq mijozlariga ega. Xizmatda hamma narsa sodda va shaffof, cheklovlar esa aslida ikkitagina: kunlik pul o‘tkazmalari soni 5 martadan va miqdori 10 000 000 so‘mdan, oylik pul o‘tkazmalari miqdori esa 100 000 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (Rossiyadan bir martalik pul o‘tkazmasining maksimal summasi 75 000 rublni, Yevropa davlatlaridan 1000 yevroni tashkil qiladi).

Paysend interfeysi juda sodda va intuitiv-yo‘naltirilgan, shuningdek, hech qanday reklama bilan yuklanmagan. Xizmat siyosati foydalanuvchilarni keraksiz ma’lumotlar bilan yuklash emas, balki barcha hisob-kitoblarni aks ettirgan holda ma’lumotlarni halol, ochiq taqdim etishdan iborat.

*Komissiya narxi 2022 yil 15 fevralgacha amal qiladi. 16 fevral 2022 yildan boshlab komissiya narxi 7499 so‘mni tashkil qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top