Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil xarid qilish kamaygan viloyatlar ma’lum qilindi
O‘tgan oyda avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar soni oktabr oyiga nisbatan 2,7 foizga kamaygan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 2021 yilning noyabr oyida aholi o‘rtasida avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar soni oktabr oyiga nisbatan 2,7 foizga kamaygan. Shunday bo‘lsa-da, sentabr oyiga nisbatan o‘sish 29 foizni tashkil etgan.
Shu bilan birga, 2020 yilning noyabr oyiga nisbatan mahalliy avtomobil bozoridagi talab o‘rtacha 8,8 foizga, 2019 yilning shu davriga nisbatan esa 18,2 foizga o‘sgan.
Qayd etilishicha, birlamchi avtomobil bozorida chiplar bilan bog‘liq vaziyat qiyinligicha qolmoqda. Taqchillik oqibatida esa mashinalar yetishmovchiligi yuzaga kelgan.
Hududlar kesimida o‘tgan oy davomidagi avtomobil xaridining eng yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (12,1 foiz), Xorazm (10,5 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (6,3 foiz) qayd etildi. Namangan (17,1 foiz), Farg‘ona (14,9 foiz), Surxondaryo (14,4 foiz) va Navoiy (10 foiz) viloyatlarida esa kamayish kuzatilgan.
2021 yil noyabr oyida 17,4 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (oktabr oyiga nisbatan kamayish – 5,9 foiz). Shundan 1 270 donasi (7,3 foizi) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
16:32 / 14.05.2026