Visual Capitalist tomonidan F&I Tools yillik statistikasi asosida tayyorlangan infografikada sönggi beş yil davomida avtomobil işlab çiqaruvçilarning savdo hajmi va bozordagi örnida yuz bergan özgarişlar tahlil qilingan.

Ma’lumotlarga köra, Toyota 2025 yilda 11 milliondan ortiq avtomobil sotib, yana bir bor dunyodagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi maqomini saqlab qolgan. Yaponiya konserni butun ön yil davomida uşbu reytingda birinçi örinni egallab kelmoqda. Ikkinçi örinni esa qariyb 9 million avtomobil sotgan Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi egallagan.

Biroq boşqa yapon brendlari uçun vaziyat unçalik ijobiy bölmagan. Honda 2020 yildagi beşinçi örindan 2025 yilda sakkizinçi öringa tuşib ketgan. Nissan esa yettinçi poğonadan öninçi öringaça pasaygan.

Pandemiyadan keyin Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilari ham jiddiy qiyinçiliklarga duç keldi. Mercedes-Benz va Renault kompaniyalarining 2025 yilgi sotuvlari 2020 yil darajasidan past bölgan. BMW esa jahon reytingida ikki poğonaga pasaygan.

Bozordagi raqobatni saqlab qoliş maqsadida ayrim kompaniyalar birlaşiş yölini tanladi. Masalan, Fiat Chrysler konserni 2021 yilda Fransiyaning PSA Group kompaniyasi bilan qöşilib, Stellantis konsernini taşkil etdi. Yangi avtogigant 2025 yil yakunlariga köra 5,6 million avtomobil sotib, dunyoda beşinçi örinni egalladi.

Şu bilan birga, Xitoy jahon avtomobil sanoatining eng tez rivojlanayotgan markazlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, BYD va Geely kabi kompaniyalar qisqa vaqt içida sezilarli ösişga erişdi.

2023 yilgaça dunyoning eng yirik 15 ta avtokompaniyasi qatoriga kirmagan BYD 2024 yilda katta sakraşni amalga oşirib, 4,1 milliondan ziyod avtomobil sotdi. Kompaniya elektromobillar bozoridagi yetakçi öyinçilardan biriga aylanib, sotuv hajmi böyiça hatto Teslaʼni ham ortda qoldirdi. Bu esa BYD AQŞ bozorida deyarli faoliyat yuritmasligiga qaramay kuzatildi.

Geely ham jadal ösişni namoyiş etdi. Kompaniyaning global sotuvlari 2020 yildagi 1,3 milliontadan 2025 yilda 3 milliondan ortiq avtomobilga yetdi.

Amerika avtomobil sanoatida ham ösiş sur’atlari çeklangan böldi. General Motors 2025 yilda beş yil avvalgiga nisbatan qariyb 500 mingta kam avtomobil sotgan. Ford esa aksinça, şu davrda sotuvlarini taxminan 450 mingtaga oşirişga muvaffaq bölgan.