Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarda hisobot tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechiladi
“Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning o‘quv adabiyotlari to‘liq elektronlashtiriladi va yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.
OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechiladi va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:
1-bosqichda – 2022 yil 1 martgacha quyidagilar joriy qilinadi:
- “O‘quv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
- “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
- “Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismi;
- “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismi;
2-bosqichda – 2022 yil 1 maygacha:
“Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.
Mavzuga oid
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
21:12 / 03.04.2026
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026