Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida Turkiyaga olib ketayotgan ayol ushlandi
Sirdaryo viloyatida ikki nafar qizni fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida Turkiyaga olib ketayotgan ayol ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 24 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda 1978 yilda tug‘ilgan, oilali, Sayxunobod tumanida yashovchi I.S. o‘zining tanishlari bo‘lgan 1984 yilda tug‘ilgan, Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida yashovchi K.M. hamda 1994 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo shahrida yashovchi Q.D.ni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishga olib ketayotgan vaqtida «Sirdaryo» YPX maskanida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2- qismi «b», «ye» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 07.07.2026
59 mamlakatda odam savdosi tarmoqlariga zarba berildi
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
09:34 / 18.04.2026