Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinmasligi belgilanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda deputatlar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.
Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli sub’yektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.
Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hujjatda shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda.
Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
10:30 / 09.12.2025
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rnida Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi
23:23 / 29.11.2025